O‘zbekiston axborot tizimlari 32 mingdan ortiq kiberhujumlarga uchradi
Texnologiya
UzCERT xizmati maʼlumotlariga koʻra, 5–11-fevral oralig’ida Oʻzbekiston axborot tizimlari va resurslariga 32 156 ta kiberhujum uyushtirildi.
Hujumlarning eng koʻp qismi davlat axborot tizimlariga qaratilgan boʻlib, jami ko‘rsatkichning 52,7% ni tashkil etadi. Qolgan hujumlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (19,3%), moliya sektori (14,2%), energetika (4,3%) va ishlab chiqarish (3,9%) sohalaridagi axborot tizimlariga nisbatan sodir etilgan.
Avvalroq, joriy yil boshida ijtimoiy tarmoqlarda IIVning iiv.uz saytida xakerlik hujumi sodir etilgani haqidagi ma`lumotlar tarqalgani borasida xabar berilgan edi. Biroq IIV matbuot xizmati bu maʼlumotni rad etib, vazirlikning gov.uz hukumat portalidagi rasmiy sahifasiga havolani taqdim etdi.

Powered by Froala Editor