O‘zbekiston BBC World News bilan hamkorlikni kengaytiradi
O'zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov BBC World News telekanalining Yevroosiyo mamlakatlari bo‘yicha vakili Sergey Stanovkin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi islohotlarni xalqaro maydonda yoritish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, shuningdek, jurnalistlarni tayyorlash sohasidagi loyihalar muhokama qilindi.
"BBC World News" orqali "Yangi O‘zbekiston" islohotlar strategiyasining ijrosi va natijalari haqidagi ma’lumotlarni targ‘ib qilish asosiy masalalardan biri bo‘ldi.
Tomonlar jurnalistlar va matbuot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuvda O‘zbekistonning xalqaro ommaviy axborot vositalari bilan ochiq muloqotga va milliy ommaviy axborot vositalarining professional darajasini oshirishga intilishi qayd etilgan.

Powered by Froala Editor