Statistika agentligiga yangi rahbari tayinlandi
O'zbekiston
Prezident farmoni bilan Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari Behzod Hamrayev davlat rahbari huzuridagi Statistika agentligi direktori etib tayinlandi. Bu lavozimda u qariyb sakkiz yil davomida idorani boshqargan Bahodir Begalov o‘rnini egalladi.
Hamrayev bunga qadar Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab, pul-kredit siyosati, monetar operatsiyalar va statistik tadqiqotlarni nazorat qilgan. U 2008 yildan buyon bank tizimida, ungacha esa Iqtisodiyot vazirligida ishlagan.
Statistika agentligining yangi rahbari 1983 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, shuningdek, Yaponiya Siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan, u yerda ekonometrika va statistika bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Hamrayevning tayinlanishi kadrlar tarkibining yangilanishi va statistika idorasining ish samaradorligini oshirish strategiyasi bilan bog‘liq.

Powered by Froala Editor