Prezident qishloq xo‘jaligida kosmik texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, sun’iy yo‘ldosh monitoringi, “aqlli” suv hisoblagichlari va dronlardan foydalanishni kengaytirishni topshirdi.

Prezident qishloq xo‘jaligida kosmik texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha topshiriq berdi
31-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va kosmik ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

So‘nggi ikki yilda 4 million gektardan ortiq yerlar sun’iy yo‘ldosh orqali monitoring qilindi. Ayrim dalalarda paxta ekilmagani, ayrim hududlar esa hisobda bo‘lmagani aniqlandi.

Davlat krediti hisobidan ekin ekishni masofadan monitoring qilish va suvni kontur asosida hisobga olish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, eskirgan sug‘orish me’yorlari va gidromodul hududlashtirish tizimi yangilanadi.

60 ta yirik suv omborining chuqurlik o‘lchovi o‘rganildi — bir nechtasining hajmi zaiflasha boshlagani aniqlandi. Endi u yerga “aqlli” suv hisoblagichlari o‘rnatiladi.

Yil yakunigacha “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona platformasi ishga tushiriladi. Fermerlar ekin haqida ma’lumot kiritib, kredit va xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Yil oxirigacha 100 dan ortiq dron olib kelinadi. Xususiy sektor dron orqali xizmat ko‘rsatishda faol ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing