Tramp Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi va AQShning yadroviy urushga tayyorligini e'lon qildi
Siyosat
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiya va Ukraina 8 avgustgacha tinchlikka erisha olmasa, Moskva bilan savdo qilayotgan barcha davlatlarga qarshi "eng qattiq" sanksiyalar joriy etilishini aytdi. Trampning aytishicha, bu zudlik bilan urushni to‘xtatmaydi, biroq tinchlik muzokaralarini jadallashtirishi mumkin.
Tramp shuningdek, Dmitriy Medvedevning bayonotlariga javoban AQShning ikkita atom suvosti kemasini Rossiyaga yaqin hududlarga yuborishga buyruq berdi. U yadro quroli haqida shunday dedi: “Biz tayyor bo‘lishimiz kerak. Va AQSh to‘liq tayyor.” Shu bilan birga, u Rossiya bilan savdo qilish Amerikaga manfaatli ekanini ta’kidlab, mojaro kuchaymasligiga umid bildirdi.
AQShdagi reaktsiyalar ziddiyatli bo‘ldi. Qurollanishni nazorat qilish assotsiatsiyasi rahbari Daryl Kimball Trampni yadro tahdidlari bilan chiqmaslikka chaqirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab amerikaliklar Trampni hissiyotlarga berilgan, yetilmagan siyosatchi sifatida tanqid qilishdi. Ba’zilar esa bu bayonotlarni Yevropa oldida “quvvat ko‘rsatish” deya baholadi.
Tramp, shuningdek, Obama va Hillari Klintonni 2016 yilgi saylovlar borasidagi “soxta” Rossiya aralashuvi bo‘yicha “katta javobgarlikka tortilishi kerak” deb aytdi. Putin haqida esa fikri o‘zgarmaganini bildirar ekan, “u – qattiq yong‘oq” dedi.

Powered by Froala Editor