O‘zbekistonda Olimpiya mavsumi boshlandi

Sport

O‘zbekistonda 2026-yilgi yirik sport musobaqalari mavsumi rasman boshlandi. Minglab yosh sportchilarni birlashtirgan loyiha yangi bosqichga chiqmoqda.

O‘zbekistonda Olimpiya mavsumi boshlandi
O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga start berildi. Ramziy ochilish marosimi Toshkentdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha hududlardagi hokimliklar va sport boshqarmalari vakillari jarayonni onlayn kuzatdi.

Musobaqalar takomillashtirilgan uch bosqichli tizim asosida o‘tkaziladi: tuman va shahar hokimlari Olimpiadasi, hududiy bosqich va yakunda “Prezident Olimpiadasi”.

Bugundan boshlab respublikaning barcha hududlarida birinchi bosqich musobaqalari boshlandi. Ularda sport maktablari tarbiyalanuvchilari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, xususiy sport klublari vakillari hamda yosh sportchilar ishtirok etmoqda.

Loyiha ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va milliy sport zaxirasini shakllantirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing