E’zozxon Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

O'zbekiston

E’zozxon Karimova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, shu bilan birga, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

E’zozxon Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Davlatimiz rahbarining qaroriga binoan, E’zozxon Karimova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tasdiqlandi.

U bungacha Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida bo‘lim boshlig‘i, 2021–2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2023–2024-yillarda esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan.

Mazkur tayinlov ta’lim tizimidagi boshqaruv salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadamlardan biridir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing