O'zbekiston bosh vaziri Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

Dunyo

Bugun, 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasining O’zbekisondagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston bosh vaziri Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi
Avvalroq, Bosh vazir Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustinga Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" majmuasida sodir bo‘lgan terrakt oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, terakt qurbonlari soni 137 kishiga yetdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing