O’zbekiston delegatsiyasi Xalqaro koʻrgazmada ishtirok etmoqda

O'zbekiston

Turizm qo’mitasi raisi Umid Shodiev boshchiligidagi delegatsiya Fransiyada tashkil qilingan “IFTM-Top Resa” xalqaro sayyohlik koʻrgazmasida ishtirok etmoqda.

O’zbekiston delegatsiyasi Xalqaro koʻrgazmada ishtirok etmoqda
Delegatsiya tarkibida “O‘zbekiston havo yo‘llari” AK va o‘nlab yirik sayyohlik kompaniyalari mamlakatimiz sayyohlik imkoniyatlarini namoyish etishmoqda

Ko‘rgazma doirasida “O‘zbekiston” pavilyonida milliy madaniy an’analar uslubida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini xorijda ommalashtirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida o‘zbek kompaniyalari mahsulotlari, jumladan, yangi yo‘nalishlar va turpaketlar namoyish etildi.

Delegatsiya vakillari potentsial hamkorlar bilan 200 dan ortiq G2B va B2B uchrashuvlarini o‘tkazdilar va aniq uzoq muddatli kelishuvlarga erishdilar.

Ko’rgazma 19-sentyabrga qadar davom etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing