O’zbekiston Elektron hukumat reytingida 63-o’rinni egalladi

O'zbekiston

O’zbekiston elektron hukumat reytingida o’z o’rnini yaxshiladi va BMT ning elektron hukumatni o’rganish bo’yicha 2024-yilgi hisobotiga ko’ra, O’zbekiston juda yuqori indeks (very high EDGI) bilan guruhga kirdi.

O’zbekiston Elektron hukumat reytingida 63-o’rinni egalladi
Ta’kidlash kerakki, bu bir muncha muhuim yutuq. Chunki mamalakat ko’rsatkichi avvalgi reytingdan 18 pog’ona yuqorilagan, umuman olganda O’zbekiston so’nggi ikki reytingda 24 pog’ona yaxshilangan.

2022-yil yakuniga ko’ra, O’zbekiston 0,7265 indeks bilan 69-o’rinni egalladi. 2024-yilda mamlakat 6 pog’onaga ko’tarilib, 0,7999 indeks bilan 63-o’ringa ko’tarildi.

O’zbekiston o’z tarixida birinchi marta elektron hukumatni rivojlantirish indeksi juda yuqori bo’lgan guruhga kirdi.

O’zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov erishilgan natija “Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasining 2025-yilga mo’ljallangan 0,75 maqsadli ko’rsatkichidan yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing