O‘zbekiston fuqarosi terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalari uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi
O'zbekiston
Qashqadaryo viloyatida 1995-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi terrorchilik tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning radikal qarashlar ta’siriga tushishi Janubiy Koreyada tahsil olayotgan davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali boshlangan.
U 2017-yilda Janubiy Koreyadagi universitetlardan biriga o‘qishga kirgan. Ta’lim davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali «jihod», «hijrat» va «shahidlik» g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi audio va videomateriallar bilan tanishgan. Suriyadagi qurolli to‘qnashuvlar aks etgan videolar ta’sirida u Instagram va Telegram orqali Suriyada faoliyat yuritayotgan «Katibat at-Tavhid val jihod» va «Katibat G‘uroba» terrorchilik tashkilotlari bilan aloqador shaxslar bilan bog‘langan hamda ularning materiallarini tarqata boshlagan.
Universitetni tamomlagach, Janubiy Koreyada qolgan va ish materiallariga ko‘ra, «Katibat G‘uroba» terrorchilik tashkiloti mediablogeri Saad Muxtarga pul o‘tkazgan. 2023-yil dekabr oyida O‘zbekistonga qaytgan.
2024-yil iyul oyida Suriyadagi jangarilarga qo‘shilish maqsadida Turkiyaga chiqishga uringan, biroq bu rejasi amalga oshmagan.
Tezkor tadbirlar davomida u qo‘lga olingan. Sud uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244¹, 244², 155² va 155³-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Powered by Froala Editor