O‘zbekiston ham xorijliklar uchun "oltin karta" joriy etdi. Narxi 200 000$
O'zbekiston
Xorijiy fuqarolarga to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi. O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan Farmon bilan 2025-yil 1-iyundan boshlab xorijiy fuqarolarga ma’lum miqdorda to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi olish imkoniyati yaratilmoqda. Aniq qilib aytilsa, 200 ming AQSh dollari va har bir oila a’zosi uchun qo‘shimcha 100 ming dollarlik to‘lov bilan xorijliklarga 5 yil muddatga yashash huquqi beriladi.
Yashash guvohnomasi evaziga pul to‘lash tizimi nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarda amalda. Masalan, BAA, Portugaliya, Turkiya va Gretsiya kabi davlatlar ham chet ellik sarmoyadorlarni jalb qilish uchun shunga o‘xshash “oltin viza” (golden visa) dasturlarini taklif etadi. Endilikda O‘zbekiston ham ana shu safga qo‘shilmoqda.
2025 yil 1 oktyabrdan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinadi.
20 va undan ortiq ishchisi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarga mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalarini 2025 yil 15 iyulda va 1 dekabrda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishiga ruxsat beriladi.
Shuningdek, prezident farmoniga muvofiq, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga to‘langan QQSning bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi zarurligi belgilandi.
Bundan tashqari, sanoat korxonalarining avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunasi, lokal suv tozalash inshooti va statsionar kuzatuv posti bilan jihozlash majburiyati muddati quyidagicha uzaytirildi:
I toifadagi korxonalar uchun – 2026 yil 1 yanvargacha;
II toifadagi korxonalar uchun – 2026 yil 1 iyulgacha.

Powered by Froala Editor