O‘zbekiston IHT doirasida transportni raqamlashtirish bo‘yicha tashabbuslarni taqdim etdi
O'zbekiston
2025-yil 3-iyun kuni Eron poytaxti Tehron shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar transport vazirlarining 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda raqamlashtirish, tranzit, mintaqaviy integratsiya va transport o‘zaro bog‘liqligi masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv ishtirokchilari mintaqada barqaror, integratsiyalashgan va samarali transport tizimlarini rivojlantirish, jumladan, multimodal yo‘laklarni takomillashtirish, sohani raqamlashtirish, transchegaraviy savdo va tranzitni soddalashtirish, kelishilgan dasturlarni amalga oshirish muammolari va istiqbollarini muhokama qildilar.
Forumda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov nutq so‘zlab, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan IHTning 16-sammitida ilgari surgan tashabbuslarining amalga oshirilishi bilan tanishtirdi.
Asosiy takliflardan biri logistika sohasida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish va bojxona tartib-taomillarini unifikatsiya qilishga qaratilgan Toshkent shahrida IHTning Raqamli transport va bojxona ofisini tashkil etish bo‘ldi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni Samarqand aeroportini IHTning mintaqaviy aviatsiya xabi sifatida tan olishni taklif qildi, bu uchrashuv yakuniy hujjati - Tehron deklaratsiyasiga kiritildi.
Vazirlar infratuzilmani mustahkamlash, transport siyosatini uyg‘unlashtirish va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda xususiy sektor ishtirokini faollashtirish niyatini tasdiqladilar.
Ma’lumot uchun:
IHTga 10 ta davlat kiradi: Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston.

Powered by Froala Editor