O‘zbekiston IIV va Advokatlar palatasi korrupsiyaga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandumni imzoladi. Hujjat davlat organi va mustaqil professional hamjamiyat o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni nazarda tutadi.
Imzolash marosimida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Mirzayev, Advokatlar palatasi raisi Shuhrat Sodiqov, ikki tomon vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Memorandumga muvofiq, tomonlar doimiy faoliyat yurituvchi hamkorlik platformasini tashkil etadi. Unda huquqni qo‘llash amaliyoti tahlil qilinadi, korrupsiyaviy xavflarning tizimli sabablari aniqlanadi, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi, shuningdek seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va o‘quv tadbirlari o‘tkaziladi.
Hamkorlik doirasida qonuniylikni ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yagona yondashuvlarni shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Powered by Froala Editor