Oʻzbekiston iqtisodiyoti Ukrainadagi harbiy harakatlar oqibatlariga chidamliligini ko‘rsatmoqda — FITCH
Iqtisodiyot
Xalqaro reyting agentligiga koʻra, hukumat 2023-yil may oyida qoldirilgan elektr energiyasi tariflari islohotini qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Ushbu islohotning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uzoq muddatli istiqbolda davlat moliyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini “BB-” darajasida barqaror prognoz bilan tasdiqladi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida keltirilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston reytingi bir tomondan yaxshi tashqi va fiskal bufer zaxiralarini, davlat qarzi darajasi pastligini, shuningdek, xuddi shunday reytingga ega bo‘lgan boshqa davlatlar bilan solishtirganda yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish tarixini hisobga oladi. Boshqa tomondan, “xomashyo sektoriga yuqori darajada qaramlik va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot tomondan tarkibiy kamchiliklar, davlatning iqtisodiyotdagi kamayib borayotgan bo‘lsada sezilarli darajadagi, raqobatbardosh bo‘lmagan ishtiroki, shuningdek, yaxshilanayotgan bo‘lsada haligacha zaif hisoblanadigan boshqaruv standartlari” kuzatilmoqda.
“O‘zbekiston hukumati iqtisodiyotdagi raqobatni rag‘batlantirish maqsadida davlat korxonalarini xususiylashtirish va imtiyozli kreditlash hajmini yanada qisqartirishni o‘z ichiga olgan asosiy tarkibiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Hukumat 2023-yil may oyida qoldirilgan elektr energiyasi tariflari islohotini qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Ushbu islohotning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uzoq muddatli istiqbolda davlat moliyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi va davlatga tegishli elektr taqsimlovchi kompaniyalarning shartli majburiyatlari xavfini kamaytiradi”, deyiladi hisobotda.
Taʼkidlanishicha, ayni paytda milliy iqtisodiyot Ukrainadagi harbiy harakatlar va Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlariga chidamliligini ko‘rsatmoqda, O‘zbekiston banklari esa G‘arb sanksiyalariga rioya qilish uchun nazorat choralarini amalga oshiryapti. O‘zbekiston hukumati ikkinchi darajali sanksiyalardan qochish maqsadida G‘arb davlatlari bilan mustahkam aloqalarni saqlab qolgan holda Rossiya bilan yaqin savdo aloqalarini davom ettiradi.
“Iyul oyida Konstitutsiyaning prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirgan yangi tahririga mufoviq o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylovda prezident Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi. O‘zbekiston tartibga solish sifati va hukumat samaradorligini oshirish orqali Jahon banki talqini bo‘yicha boshqaruv sifati ko‘rsatkichlarini yaxshiladi”, deydi mutaxassislar.
Shuningdek, yillik budjet taqchilligi yomonlashuv tomoniga qayta ko‘rib chiqilganidan keyin 5,1 foizni tashkil etishini kutmoqda (qonun bilan 2023-yil uchun 3 foizlik defitsit rejalashtirilganiga qaramay). Ko‘rsatkich yanada manzilli ijtimoiy xarajatlar va subsidiyalarni ratsionalizatsiya qilish bo‘yicha kutilmalarni inobatga olgan holda 2024-yilda 4,3 foiz va 2025-yilda 3,4 foizgacha tushishi prognoz qilingan.
Fitch joriy hisob taqchilligi 2023-yilda 4,8 foizgacha (chet elda ishlayotgan fuqarolarning pul o'tkazmalari normallashishi va savdo kamomadi yomonlashgani sababli) va 2024-2025-yillarda o'rtacha 4,7 foizga oshishini kutmoqda. Shuningdek, 2023-2025-yillarda umumiy davlat yalpi qarzi (shu jumladan hukumat tashqi kafolatlari) yalpi ichki mahsulotning 37 foizidan sal yuqoriroq darajasida barqarorlashishini prognoz qilyapti.
”Elektroenergetikadagi subsidiyalar bo‘yicha keng ko‘lamli islohot qancha kechiktirilsa, budjet taqchilligi shunchalik sekin kamayadi”, deb hisoblamoqda agentlik tahlilchilari.
Tashkilot birinchi yarim yillikda real yillik iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni (2022-yilda — 5,7 foiz) tashkil etganini ma’lum qilib, O‘zbekiston uchun yaxshi o‘sish istiqbollarini qayd etdi.

Powered by Froala Editor