O‘zbekiston - Italiya munosabatlari jadal rivojlanmoqda

O'zbekiston

29 may kuni Samarqanddagi Kongress markazida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Strategik sheriklikni kengaytirish, yangi investitsiya mexanizmlarini ishga tushirish, qo‘shma ilmiy, ta’lim va madaniy loyihalarni ilgari surish masalalari diqqat markazida.

O‘zbekiston - Italiya munosabatlari jadal rivojlanmoqda
Tomonlar Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil iyun oyida Rimga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash qariyb uch barobar ko‘paydi, qo‘shma korxonalar soni oshdi, o‘zaro mahsulot yetkazib berish ko‘lami kengaydi.

Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan metallurgiya, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekistonda Turin va Piza universitetlarining filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, ikkinchi Rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomoni Italiya madaniy hayotida ham faol ishtirok etmoqda - Venetsiyadagi biyennale, Florensiyadagi ko‘rgazmalar, Rim va Viarejodagi madaniyat kunlari.

Qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish, Italiyaning "SACE" va "SIMEST" agentliklarini jalb qilish, shuningdek, o‘zbekistonlik eksportchilarning Yevropa Ittifoqi bozoriga kirishiga ko‘maklashish uchun Toshkentda Sertifikatlash markazini ishga tushirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Tushiya universiteti filialini ochish, Piza, Trento, Roma Tre va Ka-Foskari universitetlari bilan qo‘shaloq diplomlarni yo‘lga qo‘yish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Tashrifning muhim natijalari qatorida ushbu sohada tizimli hamkorlikka qaratilgan Mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks "yo‘l xaritasi"ni tayyorlashga qaror qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing