O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘zining 6 yilligini nishonladi

O'zbekiston

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 6 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘zining 6 yilligini nishonladi
Uning ta’kidlashicha, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan, Markaziy Osiyoda o‘xshashi bo‘lmagan universitet bugun har tomonlama yetuk va professional jurnalistik kadrlarni tayyorlashga o‘zining muhim hissasini qo‘shmoqda va bu borada salmoqli muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

“Universitet jamoasini, professor-o‘qituvchilari va talabalarini bu sana bilan tabriklagan holda, ta’lim sifatini yanada oshirish, sohadagi ilg‘or yutuqlarni o‘zlashtirib, o‘quv jarayoni va amaliyotga tatbiq etishda, bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning yangi jurnalistikasini barpo etishda yanada yuksak marralarni egallashni tilaymiz”, — dedi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.

Matbuot kotibi, shuningdek, joriy o‘quv yilida universitetni bitirayotgan yoshlar sohada o‘z o‘rnini topib, professional mutaxassis sifatida O’zbekiston rivojida kamarbasta bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing