O‘zbekiston korrupsiya reytingida pastladi
O'zbekiston
O‘zbekiston bir necha yillik o‘sishdan so‘ng Korrupsiyani idrok etish indeksida uch pog‘onaga pasaydi va o‘tgan yilga nisbatan bir ball kam oldi.
Transparency International 2025 yil yakunlari bo‘yicha Korrupsiyani idrok etish indeksini e’lon qildi. 182 davlat qamrab olingan reytingda O‘zbekiston 31 ball bilan 124-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan bir ball kam va umumiy ro‘yxatda uch pog‘onaga pastlash degani.
Shunga qaramay, uzoq muddatli dinamikada sezilarli o‘sish kuzatiladi: 2016 yilda O‘zbekiston 21 ball bilan 156-o‘rinda edi. Keyingi yillarda ko‘rsatkichlar asta-sekin yaxshilanib, 2023 yilda 33 ball va 121-o‘ringa yetgan. 2024 yilda mamlakat 32 ball bilan shu pozitsiyani saqlab qolgan, 2025 yilda esa biroz pasayish qayd etildi.
Eng past korrupsiya darajasiga ega davlatlar o‘ntaligiga Daniya (89 ball), Finlyandiya (88), Singapur (84), Yangi Zelandiya va Norvegiya (81 dan), Shvetsiya va Shveytsariya (80 dan), Lyuksemburg va Niderlandiya (78 dan), shuningdek Germaniya (77) kirdi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 96-o‘rinni, Qirg‘iziston 142-o‘rinni, Tojikiston 166-o‘rinni, Turkmaniston esa 167-o‘rinni egalladi. Rossiya 22 ball bilan 157-o‘rinni bir nechta davlatlar bilan bo‘lishib, tarixiy eng past natijasini takrorladi.
Transparency International ma’lumotlariga ko‘ra, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo eng past ko‘rsatkichlarga ega hududlardan biri bo‘lib qolmoqda: mintaqaning o‘rtacha balli atigi 34 ni tashkil etadi. Tashkilot fikricha, zaif institutlar, fuqarolik makonining torayishi va jurnalistlar hamda faollarga bosim korrupsiyaga qarshi islohotlar samaradorligini pasaytirmoqda.
Hisobotda aytilishicha, O‘zbekistonda rasmiy islohotlar muayyan natijalar bergan, biroq korrupsiya haqida yozadigan jurnalistlar va blogerlar hanuz ta’qib yoki sud xavfiga duch kelmoqda.

Powered by Froala Editor