Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Ozarbayjon adabiy burchagining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

O'zbekiston

“Ozarbayjon madaniyati kunlari” doirasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Ozarbayjon adabiy burchagining ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda O’zbekiston Madaniyat vazirligining matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Ozarbayjon adabiy burchagining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Ma’lum qilinishicha, unda Oʻzbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda Ozarbayjon madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Farid Jafarov ishtirok etdi.

«Ayni kunlarda mamlakatimizda “Ozarbayjon madaniyati kunlari” tadbirlari koʻtarinki ruhda bo'lib o'tmoqda. Mazkur oʻziga xos doʻstlik bayrami dasturi bir-biridan qiziqarli va muhim yoʻnalishlarni qamrab olganini alohida ta'kidlash joiz. Ozarbayjon madaniyati va san'ati, adabiyoti, milliy an'ana va qadriyatlari bilan yanada kengroq tanishish uchun qulay fursatdir. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Ozarbayjon adabiy burchagi ochilishi Muhammad Fuzuliy faoliyati va ijodi haqida betakror shoir va mutafakkirning ijodi qaytadan kashf etiladi”,— deyiladi xabarda.

Aytish oʻrinliki, O’zbekiston va Ozarbayjon azaldan bir-biri bilan bordi-keldi qilib, madaniyatini boyitgan. Qolaversa, ikki xalqning dini bir, qadriyatlari, urf-odatlari va tili oʻxshash. O’zbeklar va ozarbayjonlar bir-birini tarjimonsiz tushuna oladi.

Eslatib o’tamiz, 11-iyun kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ozarbayjon madaniyati kunlari” ishtirokchilariga tabrik yo’lladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing