O‘zbekiston mobil internetning arzonligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi

Texnologiya

O‘zbekiston mobil internetning arzonligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallab, mamlakatdagi aloqa xarajatlari va o‘rtacha ish haqi ulushini hisobga olgan xalqaro reytingda 179 davlat orasida 43-o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Broadband Genie ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

O‘zbekiston mobil internetning arzonligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi
O‘rtacha ish haqi $364 bo‘lgan O‘zbekistonda aholi 10 Gb mobil internetga bor-yo‘g‘i $4,36 yoki maoshining 1,2% ni sarflaydi.

Ushbu reytingning yuqori pog'onasida Singapur, Lyuksemburg, Isroil, Islandiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar, quyida esa Gvineya, Zambiya, Kot-d'Ivuar, Suriya va Papua-Yangi Gvineya joylashgan.

Ma’lumot uchun: 2023-yil sentyabr oyida O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda 101-o‘rinni egallagan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing