O‘zbekiston o‘quvchilari raqamli yutuqlar portfoliosiga ega bo‘ladi
Prezident qaroriga binoan O‘zbekistonda «Kelajak» markazlari tashkil etilib, ular o‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.
219 ta «Barkamol avlod» maktablari, «Yoshlar» sport jamiyati, O‘quvchi yoshlar markazi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti negizida respublika, hududiy va tuman «Kelajak» markazlari ochiladi.
Markazlar maktablar bilan hamkorlikda muhandislik, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport, ekologiya va kitobxonlik yo‘nalishlarida to‘garaklarni yo‘lga qo‘yadi.
Har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy etilib, ular o‘quvchilarni qiziqish va qobiliyatiga qarab til, kasb-hunar, muhandislik, ijod, san’at va sport to‘garaklariga jalb qiladi.
Shuningdek, tarbiyaviy ishlarga mas’ul direktor o‘rinbosarlari, sinf rahbarlari va maktab psixologlari o‘quvchilarning muammolarini o‘rganib, ularga yordam beradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchilari esa o‘quvchilarning maktabdan tashqari vaqtini mazmunli tashkil etish uchun javobgar bo‘ladi.
Eng muhimi, endi har bir o‘quvchi uchun raqamli portfel shakllanadi. Unda ularning to‘garaklar, sport, volontyorlik va olimpiadalardagi yutuqlari qayd etilib, elektron guvohnomada aks etadi.

Powered by Froala Editor