O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini beshinchi o‘rin bilan yakunladi
Sport
Sportchilar O’zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Umumiy hisobda delegatsiya 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi .
Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi (jami 71 medal). Bu mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi (avvalgi eng yaxshi natija: 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, 2018-yil).
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston 5-o‘rinni egalladi. Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya Osiyo o‘yinlarining yetakchilari bo‘ldi.
Oʻzbekistonning qoʻshni davlatlaridan Qozog‘iston 11, Qirg‘iziston 18, Tojikiston 24 va Turkmaniston 29-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, yakunlanib borayotgan qit’a o‘yinlarida 45 davlatning 12 mingdan ziyod sportchilari ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor