O’zbekiston OTMlarida Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tashkil etiladi

O'zbekiston

Joriy yilning 12-13 mart kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus plyus dasturi doirasida Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish loyihasining boshlang‘ich uchrashuvi (kick-off meeting) bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston OTMlarida Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tashkil etiladi
Loyiha doirasida O‘zbekistondan ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalarida Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish, innovatsion va yangi texnologiyalardan foydalangan kompleks o‘quv dasturlarini ishlab chiqish orqali Yevropa Ittifoqining ilg‘or tajribalarini O‘zbekiston OTMlariga joriy etish belgilangan.

Transport sohasida kamida 10 ta turli manfaatdor soha korxona mutaxassislar uchun treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida tashkil etilgan Bakalavriat dasturining 2-va 3-kurs talabalaridan 12 nafari Yevropa universitetlarida almashinuv dasturida ishtirok etish belgilangan. Loyihaning umumiy qiymati 800 ming Yevro bo‘lib, 2024-2027 yillarda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston tomonidan loyiha ishtirokchilari: Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali, “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” MCHJ.

Kosovodan loyiha ishtirokchilari: Loyiha koordinatori Mitrovitsa universiteti, Kosovo amaliy fanlar akademiyasi, W3 raqamli yechimlar laboratoriyasi.

Yevropadan loyiha ishtirokchilari: Mariboru universiteti (Sloveniya), Krit politexnika universiteti (Gretsiya), Madrid politexnika universiteti (Ispaniya), Turin politexnika universiteti (Italiya).

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing