Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini tan oldi
Dunyo
3-iyul kuni Rossiya 2021-yilda hokimiyatga kelganidan keyin "Tolibon" harakati tomonidan tuzilgan davlat tuzilmasi - Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov orqali ma’lum qildi.
Tan olish to‘g‘risidagi qaror tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning taklifiga binoan shaxsan prezident Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan. Bu haqda Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov "Rossiya-1" telekanali efirida ma’lum qildi.
"Ushbu qaror Rossiyaning Afg‘oniston bilan to‘laqonli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan samimiy intilishini ko‘rsatadi," - deya ta’kidladi Jirnov.
Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasi tepasiga toliblar tomonidan o‘rnatilgan bayroqning ko‘tarilishi e’tirofning ramziy belgisi bo‘ldi. Bu ular hokimiyatga kelganidan beri birinchi marta sodir bo‘ldi.

Powered by Froala Editor