Oʼzbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining to’rtinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi
O'zbekiston
Ozarbayjon Respublikasi Guba shahrida II O‘zbekiston - Ozarbayjon hududlararo forumi doirasida Ishbilarmonlar kengashining IV yig’ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasining matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari v.v.b. Umid Pazilxanov, Ozarbayjon tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev, tegishli vazirlik va idoralar, “O‘zavtosanoat”, “O‘zkimyosanoat”, “O’zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zsanoatqurilishmateriallar” tarmoq birlashmalari rahbarlari, shuningdek ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari bo‘ldi. Jumladan, yig‘ilishda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda eksportbop mahsulotlar savdosini yanada takomillashtirish borasida so'z bordi.
Aytib o‘tish joizki, O‘zbekiston va Ozarbayjon uchun ustuvor yo‘nalishlarda iqtisodiy sheriklikni izchil kengaytirishga, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, keyingi yillarda qo‘shma korxonalar soni 5 barobar oshdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 240 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. To‘plangan tajriba asosida Ozarbayjonda yengil avtomobillar, to‘qimachilik va ipak qurti klasterlari, O‘zbekistonda gipsokarton va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat oʼrtasida oʼzaro manfaatlar kesishuvining yangi nuqtalarini kashf etishga hamda oʼzaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan keyingi qoʼshma harakatlar belgilandi.

Powered by Froala Editor