O‘zbekiston Paralimpiya sportchilari bilan Prezident uchrashuvi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Parijda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida qatnashgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi. Ushbu tadbirda davlatimiz rahbari sportchilarni ulkan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston Paralimpiya sportchilari bilan Prezident uchrashuvi
O‘zbekiston jamoasi Paralimpiya o‘yinlarida misli ko‘rilmagan natijalarga erishdi. 26 ta medal qo‘lga kiritilib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi, Osiyoda 3-o‘rin va turkiy mamlakatlar orasida 1-o‘ringa loyiq topildi. Ushbu yutuqlar O‘zbekistonning sport sohasidagi jadal rivojlanishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Prezident Mirziyoyev o‘z nutqida Paralimpiya o‘yinlarini nafaqat sport, balki jasorat va iroda sinovi sifatida ta’kidladi. "Sizning matonatingiz va g‘ayratingiz butun xalqimizni g‘ururlantirdi," – dedi davlatimiz raxbari. Sportchilarimizning ulkan yutuqlari, ayniqsa, qizlarimizning hissasi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

Ayniqsa, Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash va Nurxon Qurbonova nayza uloqtirish bo‘yicha chempion bo‘lishdi. 15 yoshli Shahinaxon Yigitaliyeva esa kumush medalni qo‘lga kiritib, eng yosh sovrindor sifatida tarixga kirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing