O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi
O'zbekiston
22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev turkman xalqining Milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
Tashrif doirasida davlat rahbari «Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekiston» formatidagi sammit tadbirlarida qatnashadi. Sammit Turkmanistonning milliy turizm zonasi «Avaza»da bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, prezident sammit doirasida boshqa davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, prezident sammit doirasida boshqa davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Powered by Froala Editor