O‘zbekiston Prezidenti birinchi “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitida ishtirok etdi
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-sentyabr kuni Berlin shahrida Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols raisligida o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etdi.
Sammit kun tartibiga muvofiq, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, “yashil” energetikani rivojlantirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish istiqbollari, tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari hamda barqaror va izchil mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlash borasida birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari “Markaziy Osiyo - Germaniya” formati ochiq muloqot hamda mintaqa mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish uchun samarali maydonga aylanganini ta’kidladi.
Oʻzbekiston rahbari Markaziy Osiyoda bugungi mintaqaviy hamkorlik darajasiga yuksak baho berib, O‘zbekiston yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash siyosatini og‘ishmay amalga oshirayotganini qayd etdi. Mintaqa mamlakatlariga mustaqillikning ilk kunlaridanoq amaliy ko‘mak ko‘rsatishda Germaniya muhim o‘rin tutib kelayotgan yuqori baholandi. Uzoq muddatli hamkorlikning umummintaqaviy ahamiyatga ega ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi.
Bular – investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik aloqalar va almashinuvni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, “yashil” kun tartibini ilgari surish, Germaniya standartlariga muvofiq turli tarmoqlar uchun mutaxassislarni tayyorlash, Afg‘oniston aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish.
Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari Germaniya tomonining Markaziy Osiyo va Germaniya o‘rtasida strategik mintaqaviy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, ushbu formatda muntazam uchrashuv va maslahatlashuvlar o‘tkazib borish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

Powered by Froala Editor