Oʻzbekiston Prezidenti “Blackrock” kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildi

Dunyo

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davos shahriga amaliy tashrifi doirasida “Blackrock” kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Prezidenti “Blackrock” kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildi
Ushbu yetakchi kompaniya bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari va ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

“Blackrock” kompaniyasining mamlakatimizdagi ustuvor loyihalarda ishtirok etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Kompaniyaning Oʻzbekistondagi bir qator korxonalar kapitaliga kirish, qoʻshma investitsiya mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakat investitsiya muhitini yaxshilash uchun xalqaro ekspertizani jalb qilish boʻyicha tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing