Oʻzbekiston Prezidenti Butunxitoy qo‘mitasi Raisi bilan uchrashdi

Iqtisodiyot

Xitoyga tashrif tadbirlari doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Van Xunin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Butunxitoy qo‘mitasi Raisi bilan uchrashdi
Suhbatda Xitoy tomoni Oʻzbekiston rahbari “Makon va yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ilgari surgan muhim tashabbuslarni yuksak baholadi va buning uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Oxirgi oylarda O‘zbekistonga Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi, Shandun, Shensi, Szyansu va Szyansi muzofotlari delegatsiyalari tashrif buyurdi. Madaniy-gumanitar aloqalar va ta’limdagi almashinuvni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing