Oʻzbekiston Prezidenti Gruziya Bosh vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi
O'zbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Irakliy Kobaxidze davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat, doʻst Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 2-3-iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Powered by Froala Editor