O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya oliy nishoni bilan taqdirlandi
O'zbekiston
2025 yil 26 avgust kuni Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning eng oliy mukofoti – “An-Nahda” (“Renessans”) ordeni bilan taqdirlandi.
Mukofotni Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn shaxsan topshirdi. Prezident Mirziyoyev bu ordenni ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi qo‘shma sa’y-harakatlarning e’tirofi, shuningdek, O‘zbek xalqiga bo‘lgan hurmat va ehtirom ramzi sifatida qabul qilayotganini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.
O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning Iordaniyani rivojlantirishga qo‘shgan hissasini, uning tinchliksevar tashqi siyosatini va xalqaro maydondagi nufuzini alohida e’tirof etdi. U, shuningdek, ushbu orden ikki xalq o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik ramzi sifatida munosib o‘rin egallashini qayd etdi.
Yakunda Prezident Mirziyoyev yuqori mukofot uchun Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn ga minnatdorlik bildirib, Iordaniya xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Powered by Froala Editor