O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Siyosat

Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umumiy yutuqlarining e’tirofi ekanini ta’kidladi.

Siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bugun Markaziy Osiyo qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va barqaror taraqqiyot makoniga aylanmoqda,

- dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.

Muvofiqlashtirilgan faoliyat natijasida tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi bir necha barobar ko‘paydi, keng ko‘lamli hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda, chegaraoldi savdo hududlari, qo‘shilgan qiymat zanjirlari, zamonaviy transport va energetika infratuzilmasi barpo etilmoqda.

Birdamlik va mintaqaviy o‘ziga xoslik tuyg‘usi tobora mustahkamlanib bormoqda. Eng muhimi, ushbu ijobiy o‘zgarishlarni mintaqa mamlakatlari fuqarolari o‘z kundalik hayotida his qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing