O'zbekiston prezidenti Namangan viloyatining salohiyatini ishga solish masalalarini ko'rib chiqdi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston prezidenti Namangan viloyatining salohiyatini ishga solish masalalarini ko'rib chiqdi
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Namangan mamlakatimizning eng barakali, sersuv va serhosil hududlaridan biri, mehnatkash va saxovatpesha, g‘ururi baland, tadbirkorlikda eng ilg‘or insonlar yurti ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Namanganda mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani uchun mas’ul komplekslar va viloyatdagi rahbarlar tanqid qilindi.

Viloyat eksportini 86 foizi to‘qimachilik va meva-sabzavotchilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Mingbuloq va Kosonsoyda bir gektardan olinadigan daromad viloyat ko‘rsatkichidan 2 barobar kam. Aholiga berilgan 16 ming gektardan 3,5 ming gektari bo‘sh yotibdi. Pop, Chortoq, Norin va Yangiqo‘rg‘onda sanoatlashish darajasi past.

Sayxunobod tajribasi asosida mahallalarda jami 4 mingta xonadonni tanlab olib, ularning daromadini oshirish choralari ko‘riladi. Keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa ko‘rinishdagi amaliy yordam beriladi.

Shu tartibda, 35 ming xonadonga gulchilik, issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, uzumchilik, qulupnay, kartoshka yetishtirishga ko‘maklashiladi. Bunga yetarli miqdorda kredit ajratish rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, o‘tgan 7 yilda viloyat iqtisodiyoti 2 barobar, eksport 3 karra o‘sib, jon boshiga daromad 15,5 million so‘mga yetdi. 65 trillion so‘m investitsiya hisobiga 600 ming ish o‘rni yaratildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing