O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Dunyo

17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi
Qayd etilishicha, davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston-Qozog‘iston ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirishga doir dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar. Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvdagi kelishuvlarning amalga oshirilishi va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, biznes va hududlarni jalb qilgan holda sanoat, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiyani ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi. Faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing