O'zbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O'zbekiston

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan mamlakatda bo'lib turgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O'zbekiston Prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Davlat rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O'zbekiston yetakchisiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda O'zbekiston–Rossiya do'stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.

Barcha yo'nalishlarda faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi oshmoqda. Hududlar va yetakchi sanoat korxonalarining kooperatsiyasi kuchaymoqda. Madaniyat, san'at, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik kengayib bormoqda.

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing