Oʻzbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi boʻlib oʻtdi
Dunyo
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, “Kantey” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi.
Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.
Mamlakatimiz yetakchisi va Yaponiya hukumati rahbari boʻlib oʻtgan muzokaralar natijalaridan, ularning yakunida ikki tomonlama aloqalar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganidan mamnuniyat bildirdilar.
Oʻzbekiston – Yaponiya munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.

Powered by Froala Editor