Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Siyosat

Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Saroy oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko samimiy kutib oldi.

Davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing