O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Dunyo

Belgraddagi Serbiya saroyida Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich davlatimiz rahbarini samimiy qarshi oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi, artilleriya to‘plaridan o‘n marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing