O‘zbekiston rahbari Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Eron Islom Respublikasining elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida Prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga samimiy ta’ziya va taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.
O‘zbekiston yetakchisi elchi Muhammadali Iskandariy bilan qisqa suhbatda Prezident Ibrohim Raisiy yetuk davlat arbobi va siyosatchi bo‘lgani, Eronning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligini oshirishga hamda mamlakatning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga, shuningdek, davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi.
Kuni kecha O‘zbekiston Prezidenti Eronning Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik maktubi yo‘llagan edi.

Powered by Froala Editor