Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Germaniya Federal Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar
O'zbekiston
Oliy darajadagi Oʻzbekiston – Germaniya muzokaralari yakunida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Frank-Valter Shtaynmayer daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar.
Koʻksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida ekilgan daraxt Oʻzbekiston va Germaniya xalqlari oʻrtasida mustahkamlanib borayotgan doʻstlik, ishonch va oʻzaro anglashuv rishtalarining ramziga aylanib, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqich boshlanganining timsoli boʻladi.
Powered by Froala Editor