O‘zbekiston Rossiyadan benzin import qilishni ko‘paytirdi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avvalroq tegishli idora va korxonalarga kuz-qish mavsumida barqaror yoqilg‘i ta’minotini ta’minlash maqsadida 2023-yil oxirigacha 120 ming tonna benzin import qilish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Havo haroratining keskin tushib ketishi va Farg‘ona vodiysida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida avtobenzinga bo‘lgan talabi taklifga nisbatan keskin oshdi. Shuning uchun O‘zbekiston Rossiyadan import qilinadigan benzin hajmini oshirdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiyadan import asosida “SDK Group And“ korxonasi tomonidan olib kelinayotgan AI-92 K5 rusumidagi avtobenzin hajmi oshirilgan. Bu bilan ichki bozorda birja savdolariga chiqariladigan avtobenzin miqdori savdosini oshirishga erishilgan.
Bundan tashqari, yuzaga kelgan ortiqcha talablarni qondirish maqsadida bugungi kunda Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarining avtobenzin ishlab chiqarish quvvatlari 3,3 ming tonnadan 4 ming tonnaga oshirilgan yoki o‘rtacha kunlik 700 tonna qo‘shimcha avtobenzin ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Powered by Froala Editor