O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini qariyb 4 barobarga oshirish niyatida
Iqtisodiyot
Import hajmini oshirish 2024–2030-yillarda asosiy tizimni modernizatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun $500 million ajratish rejalashtirilgan.
O'zbekiston Rossiya gazining importini kuniga 9 milliondan 32 million kubometrgacha (yiliga 11,68 milliard kubometr) oshirishni rejalashtirmoqda. Bu joriy ta'minotdan 3,6 barobar ko'pdir.
2023-yil iyun oyida Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Bungacha O‘zbekiston mustaqil ravishda gaz ishlab chiqargan va Xitoy va Rossiyaga eksport qilgan. O‘zbekistonga yetkazib berish 2023-yil oktabr oyida boshlangan bo‘lib, bir kunlik hajmi 9 million kub metrni, yillik hajmi esa 2,8 milliard kub metrni tashkil qilgan.
O'tgan yilning dekabr oyida "Gazprom" rahbari Aleksey Miller O'zbekistonga yetkazib berish shartnoma qiymatlariga nisbatan ikki baravar oshirilganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, mamlakat "gaz quvuri orqali uzatilishi mumkin bo'lgan maksimal texnik hajmdagi gazni" oldi. Oʻsha yilning noyabr oyida Miller “Gazprom” Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan 2024-yil oʻrtalariga qadar 15 yilga gaz yetkazib berish va tranzit boʻyicha shartnomalar imzolash rejalarini eʼlon qildi. O‘zbekistonga gaz yetkazib berish “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor