O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida xalqaro korrupsiyaga qarshi standart joriy etiladi
O'zbekiston
Sog‘liqni saqlash tizimini shaffoflashtirish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston ISO 37001:2025 xalqaro korrupsiyaga qarshi boshqaruv standartini joriy etmoqda.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudoyarov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi loyiha menejeri Ya. Kurpisha, GIZ dasturi rahbari V. Kessler va korrupsiya masalalari bo‘yicha maslahatchi J. Berdiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Prezident boshchiligida sog‘liqni saqlash tizimini transformatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar doirasida ISO 37001:2025 xalqaro standarti asosida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish muhokama qilindi.
Standart talablarini bajarish uchun vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 14 ta yangi ichki hujjat qabul qilindi, idoraviy mexanizmlar yo‘lga qo‘yildi va “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 4 ta yangi axborot tizimi yaratildi, 2 tasi takomillashtirildi, 3 ta mobil ilova ishga tushirildi.
Mamlakat bo‘yicha 3 838 ta tibbiyot muassasasi DMED tizimiga ulanib, 32,8 million nafar aholining yagona elektron tibbiy kartasi shakllantirildi.
Uchrashuv davomida xalqaro tashkilotlar va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda yuqori xavfli yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Powered by Froala Editor