O‘zbekiston Sun’iy Intellekt Texnologiyalarini 2030 Yilgacha Rivojlantirishni Maqsad Qildi

Texnologiya

Toshkent, 14-oktyabr 2024 yil. O‘zbekiston Prezidenti sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiyani tasdiqladi. Bu qaror mamlakatning texnologik rivojlanishi uchun yangi davrni boshlab berdi.

O‘zbekiston Sun’iy Intellekt Texnologiyalarini 2030 Yilgacha Rivojlantirishni Maqsad Qildi
Ushbu strategiyaga muvofiq, sun’iy intellekt sohasida bir qator maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish rejalashtirilgan. 2030 yilgacha sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, YAIDXP (my.gov.uz) platformasida sun’iy intellekt yordamida ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushi 10 foizga yetadi.

Hukumat shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va texnologik yangiliklarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. 2025 yilga kelib “katta ma’lumotlar” bazasi yaratilib, sun’iy intellekt bo‘yicha ilmiy laboratoriyalar soni 10 taga yetkaziladi. Ushbu laboratoriyalar texnologik yangiliklarni tezkor amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik imkoniyatlarni taqdim etadi.

2026 yilgacha hisoblash serverlari va quvvatlar sun’iy intellekt loyihalarini yanada rivojlantirish uchun foydalanishga topshiriladi. Maqsad O‘zbekistonni hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida eng yuqori 50 davlat qatoriga kiritishdir.

Bu strategiya O‘zbekistonning texnologik imkoniyatlarini kengaytirishga va sun’iy intellekt sohasida mintaqada yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga yo‘l ochadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing