O’zbekiston terma jamoasi 8-turni muvaffaqiyatli yakunladi

Sport

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Shaxmat olimpiadasi davom etmoqda.

O’zbekiston terma jamoasi 8-turni muvaffaqiyatli yakunladi
Kecha, 19-sentyabr kuni, erkak shaxmatchilar orasida bo’lib o’tgan bahslarda terma jamoamiz vakillari Serbiya sportchilariga qarshi dona surishdi.

Ziddiyatli janglarda jamoamizning 3 vakilli durang hisob qayd etgan bo’lsa, to’rtinchi a’zomiz Nodirbek Abdusattorovning g’alabasi 2,5:1,5 hisobda 8- turni muvaffaqiyatli yakunlab, umumjamoa hisobida 2-o'rinni qayd etib turish imkonini berdi.

Bugun jamoamiz 8 turning barchasida g’alaba qozonib kelayotgan Hindiston jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing