O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingidagi o‘rnini yaxshiladi

Sport

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘ona yuqoriladi.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingidagi o‘rnini yaxshiladi
Xalqaro futbol federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi hozirda 66-o‘rinni egallab turibdi. Mutaxassislar bu muvaffaqiyatni O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki va turnirning chorak finaliga qadar yetib borgani bilan bog‘lashmoqda.

“O‘zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi o‘yini, Qatarga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lganini hisobga olsak, yaxshilangani ajablanarli emas. O‘zbekiston Osiyo Kubogining eng yaxshi jamoalaridan biri sanaladi va men ularni Markaziy Osiyoda eng kuchli deb bilaman”, — deydi qozog'istonlik sharhlovchi Sanjar Akatayev.

Mintaqaviy reytingda mamlakatlar quyidagi oʻrinlarni egallab turibdi: Tojikiston – 99-oʻrin; Qozog‘iston – 100-o‘rin; Qirg‘iziston – 104-o‘rin; Turkmaniston – 141-o‘rin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing