Oʻzbekiston TIV Falastin-Isroil mojarosidan havotir bildirdi

Siyosat

TIV kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirmoqda.

Oʻzbekiston TIV Falastin-Isroil mojarosidan havotir bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Falastin-Isroil mojarosi hududida tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgan va butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotirda. Bu haqda TIV tomonidan tarqatilgan bayonotda keltirilgan.

“Biz kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqiramiz.

So‘nggi voqealar munosabati bilan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz va barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing