O‘zbekiston TIV rahbari bangladeshlik hamkasbining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Siyosat
2024-yilning 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bangladesh tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Masud bin Momen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Bugun Vazirlikda Bangladesh tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Masud bin Momen janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Muloqotimiz davomida tarixiy va madaniy aloqalarga asoslangan ikki tomonlama kun tartibimiz jadal kengayib borayotganini ta’kidladik. Biz xalqlarimiz manfaati yo‘lida O’zbekiston-Bangladesh munosabatlarini barcha sohalarda yanada rivojlantirish yo‘llarini muhokama qildik. Shubhasiz, hamkorlikda ish olib borish uchun, ayniqsa, iqtisodiy sohada ulkan imkoniyatlar mavjud”, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining Telegram-kanalida.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Von Do Yonning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Powered by Froala Editor