O‘zbekiston TIV rahbari rasmiy tashrif bilan Malayziyada bo‘lib turibdi

Siyosat

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 2024-yil 27–29-fevral kunlari Malayziyada rasmiy tashrif bilan bo’lib turibdi. Bu ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarda muhim diplomatik bosqich bo'ladi.

O‘zbekiston TIV rahbari rasmiy tashrif bilan Malayziyada bo‘lib turibdi
Tashrifning ilk kunida, Baxtiyor Saidov Malayziya tashqi ishlar vaziri Muhammad Hoji Hasan janoblari bilan uchrashuv o’tkazdi. “Toshkent va Kuala-Lumpur oʻrtasidagi masofa ulkan boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari doimiy ravishda yangi aloqa nuqtalarini izlaydi hamda siyosiy, parlamentlararo, iqtisodiy, madaniy va gumanitar muloqotni kengaytirishga koʻmaklashadi.” - deydi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o’zining ijtimoiy tarmoq sahifalarida.

Baxtiyor Saidov tashrifining asosiy jihatlaridan biri uning Kuala-Lumpurda boʻlib oʻtadigan birinchi Oʻzbekiston biznes-forumidagi ishtiroki boʻladi. Forum O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi yaqin iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Savdo vazirliklari mas’ul xodimlari, shuningdek, turli biznes tuzilmalari va mintaqaviy hokimiyat vakillari ishtirok etadi.

Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Malayziyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ikkinchi yirik savdo hamkoriga aylangan bir paytda amalga oshirilayotgani bilan katta ahamiyatga ega. 2023-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 451,9 million Malayziya ringitini ($94,03 million) tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30,9% ga ko‘pdir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing